9 - dekabr korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo'lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo'lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda ham komplayens xizmati o'z ish faoliyatini izchil olib bormoqda. Natijada ishchi-xodimlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik munosabati shakllantirilmoqda.
9-dekabr korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "O'zkimyosanoat" AJ tomonidan barcha tarmoq korxonalarining rahbar-xodimlari va komplayens xizmati boshliqlari ishtirokida video konferens aloqa orqali onlayn davra suhbati tashkil etildi. Unda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashishda butun dunyo tajribasi hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikda belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar tasnifi va sohada erishilayotgan yutuq-kamchiliklar hamda kelgusida qilinishi lozim bo'lgan ishlar xususida so'z bordi.
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!