24 dekabr kuni “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MChJda "Ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish boʻyicha muammolarni koʻrib chiqish va ularni ijobiy hal etish hamda erishilgan yutuqlar boʻyicha tajriba almashinishni tashkil etish" konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Tadbirda “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “Navoiyazot” AJ, “Maxam-Chirchiq” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Ammofos-Maxam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qo‘ng‘irot soda zavodi” AJ va boshqa kimyo sanoati korxonalarining bosh muhandislari, yetakchi texnik mutaxassislari ishtirok etishdi.

 Konferensiya dasturi davomida: “BRZ” zavodining asosiy bo‘linmalari taqdimoti, dolzarb ishlab chiqarish masalalari, innovatsion g‘oyalari ko’rib chiqildi. Davra suhbati davomida tajriba almashinildi. Shu bilan birga zavod hududi bo’ylab ekskursiya tashkil  etildi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech