Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik tanlovi

2024-yil 20-avgust kuni “O‘zkimyosanaot” AJda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik tanlovi"ning II bosqich g’oliblarini taqdirlash tadbiri bo lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo’yicha yetakchi muhandisi Muminov Otabek Shuxratovich “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi yosh mutaxassis” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbari Alimjonova Nigora Adxamovna tomonidan 1-darajali diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech