Angren "MIZ" hududida yillik loyihalash quvvati 100 ming chiziqli metr konveer lentalari, 200 ming dona qishloq xo'jaligi shinalari va 3 million dona avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi amalga oshirildi. 2014 - yil 4 - dekabrdagi PF 2269-son "Angren Erkin industirial zonasi hududida rezina buyumlar zavodi qurilishini, tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" Prezident Farmoni imzolandi . Zavod 2018 yil avgust oyida ishga tushirildi.

Loyihaning texnologik qismini amalga oshirish "Poly Technologies inc" (Xitoy) tomonidan amalga oshirildi.

Davr

O'zlashtirilgan mahsulot turlari soni

Shinalar

Qishloq xo'jaligi mashinalari uchun shinalar

konveyer lentalari

2018 yil

6

1

-

2019 yil

9

1

53

2020 yil

13

1

38

2021 yil

26

-

14

2022 yil (прогноз)

16

-

15 ⃰

Jami

70

3

120

 

Bugungi kunga kelib 60 turdagi avtomobil shinalari ishlab chiqarish quvvatiga ega , R12 dan R18 gacha bo'lgan avtomobil shinalari, R12S dan R15S gacha bo'lgan yengil yuk avtoshinalari 3 turdagi qishloq xo'jaligi shinalari va 90 dan ortiq turdagi 450 dan 2000 metrgacha kenglikdagi konveer lentalari issiqqa chidamli, va mijozning talabiga binoan ishlab chiqariladi.

2022 yilda respublikaning asosiy yirik iste'molchilari (Navoiy KMK, Olmaliq KMK, O'zbekko'mir va kimyo sanoati korxonalari) talablaridan kelib chiqqan holda, asosan sifat va ish sharoitlari bo'yicha (texnik xususiyatlarini yaxshilash uchun) 15 ta yangi konveer lentalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar issiqga va sovuqga chidamliligi bilan e'tirof etilmoqda..

Shuningdek, zavod mutaxassislari er osti sharoitida (konlarda) foydalanish uchun konveer lentalarining prototiplarini o'zlashtirish jarayonini boshladilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech